Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Royal Estate brendi ostida ketchup ishlab chiqarishga qaror qildi. Qirolicha baliq va qovurilgan kartoshkani xush ko‘radi. Yangi sous esa ana shu taomlarga mos tushadi.
Aslida, qirollik ketchupi retsepti sir saqlanadi. Аmmo uning tarkibiga pomidor va ziravorlardan tashqari olma sharbati va xurmo solinadi.
Royal Estate ketchupi 295 grammli idishlarda 6,99 funt sterlingga sotilishi rejalashtirilmoqda.


