1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qonunda pasportdan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik belgilangan

Bunda BHMning 10 barobarigacha, yaʼni 2 mln. 700 ming so‘m miqdorida jarima to'lanadi.

Qonunda pasportdan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik belgilangan

 

Mazkur summadagi jarima “yo‘qolganligi to‘g‘risida” o‘zi ariza bergan va aslida yo‘qolmagan pasportidan, shuningdek, boshqa fuqarolarga tegishli bo‘lgan pasportlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanadigan shaxslar uchun qo‘llaniladi.

 

Bunga qo‘shimcha ravishda, agar fuqaro pasportni qasddan yaroqsizlantirishi yoki ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi ham jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Bunda jarima bazaviy hisoblash miqdorining bir barobaridan uch baravarigacha miqdorida belgilanadi. Yaʼni, 270 ming so‘mdan 810 ming so‘mgacha.

 

Bundan tashqari, fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki pasportlarni garovga olish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bu — 2 mln. 700 ming so‘mdan 4 mln. 50 ming so‘mgacha.

 

Eslatma. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘z vaqtida pasport olmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi(Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks. 223-modda, 5-qismi;). Shuningdek, bu tartib O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ham amal qiladi.

 

Avvalroq 1 yanvardan ID-karta va “qizil pasport”ni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish mumkinligi hamda O‘zbekiston pasporti dunyo mamlakatlari pasportlari reytingida 91-o‘rinni egallagani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика