
Fuqaro A.G. Gʻijduvon tumani markaziy dehqon bozori kirish darvozasi oldida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan vaqtida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan, Departamentning Peshko‘ tuman bo‘limi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlandi.
U har bir AQSH dollarini 10.650 so‘mdan va Rossiya rublini 140 so‘mdan hisoblab, 600 AQSH dollari hamda 140.000 rublni jami 25.990.000 so‘mga sotib olgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan A.G.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq chegarada qalbaki valyutalarni olib kirishga bo‘lgan urinishlarning oldi olingani hamda soxta dollarga telefon sotib olgan firibgarning ushlangani haqida xabar berilgandi.


