1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda pensiya va soliq kabi to‘lovlar oshadi

Yanvar oyida eng kam pensiya miqdori 46 302 tenge, eng kam bazaviy pensiya miqdori 19 450 tengega ko‘tarilgandi.

Qozog‘istonda pensiya va soliq kabi to‘lovlar oshadi

 

Qozog‘istonda 1 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi (OHK) 3180 tenge bo‘ladi. Bunday o‘zgartirish «2022-2024-yillarga mo‘ljallangan respublika byudjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasida nazarda tutilgan

 

2022-yil 1-apreldan Ochiq meʼyoriy-huquqiy hujjatlar portalida muhokamaga kiritilgan qonun loyihasi:

 

— davlat bazaviy pensiyasining eng kam miqdori – 20 191 tenge;

— pensiyaning eng kam miqdori — 48 032 tenge;

— Qozog‘iston qonunchiligiga muvofiq nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni hisoblash, shuningdek penyalar, soliqlar va boshqa to‘lovlarni qo‘llash uchun OHK (O‘zbekistondagi BHM analogi) - 3 180 tenge;

— bazaviy ijtimoiy nafaqalar miqdorini hisoblash uchun yashash minimumi 37 389 tenge etib belgilandi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil yanvar oyida eng kam pensiya miqdori 46 302 tengega, eng kam bazaviy pensiya miqdori 19 450 tengega ko‘tarilgan edi.

 

Bundan tashqari, nafaqalar va boshqa ijtimoiy nafaqalarni hisoblash, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq penyalar, soliqlar va boshqa to‘lovlarni qo‘llash uchun OHK 3063 tenge etib belgilandi. Bazaviy ijtimoiy nafaqalar miqdorini hisoblash uchun yashash minimumi 36 018 tengega ko‘tarildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика