Hodisa bugun, 31-yanvar Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida sodir bo‘lgan. Bu haqda “zakon.kz” xabar berdi. Ferma ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning pastki qavatida chorva, tepasida yem-xashak saqlangan.
Qozog‘iston FVV rasmiy vakili Talgat Ualining maʼlum qilishicha, fermadan o‘t o‘chirish qismi orasidagi masofani bosib o‘tish uchun 40 daqiqa vaqt ketgan. Yong‘inni bartaraf etishga 15 o‘t o‘chirish texnikasi jalb etilgan.


