1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

"Quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar – bu faqat o‘zimizni aldash bo‘ladi" — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida nutq so‘zlamoqda.

"Quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar – bu faqat o‘zimizni aldash bo‘ladi" — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Ayni paytda Oliy Majlis Senatining yangi binosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

 

"Kelgusi besh yil uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olar ekanmiz, o‘tgan davrda erishgan yutuqlarimiz bilan birga, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni ham tanqidiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilishimiz lozim. Nega deganda, o‘z kelajagini o‘z qo‘li, o‘z kuchi bilan yaratishga bel bog‘lagan xalq va millat kechagi kundan to‘g‘ri saboq chiqarib, oldinga intilib yashaydi. 

Saylovoldi uchrashuvlarida mamlakatimizdagi har bir shahar va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy va maʼrifiy rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar tuzdik. 

Hozirgi kunda ana shu takliflarni umumlashtirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida dasturlarni ishlab chiqmoqdamiz va ularni yillar kesimida amalga oshiramiz. Men bundan besh yil oldin, yaʼni Prezidentlik faoliyatimni boshlagan ilk kunlarda aytgan fikrimni yana takrorlayman: menga soxta va balandparvoz gaplarning keragi yo‘q. 

Quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar – bu faqat o‘zimizni aldash bo‘ladi. Bu faqat ishimizga ziyon yetkazadi. 

Biz uchun umumiy ishimiz va harakatimizga foyda beradigan g‘oya va fikrlar, amaliy taklif va tashabbuslar, aniq natijalar kerak. Bundan boshqa yo‘lni men mutlaqo qabul qilmayman", — Shavkat Mirziyoyev.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi sanasi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика