1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya-Ukraina mojarosi: tashabbus kim tarafda va qaysi tomon hujum boshlaydi?

RF hujumi kulminatsion nuqtaga yetgani aytilmoqda. Rossiya OAV esa tez orada Ukraina qarshi hujumga o‘tishi haqida bong uryapti. Ammo Vladimir Zelenskiy Kiyev yirik harbiy amaliyotga tayyor emasligini aytib chiqdi.

Rossiya-Ukraina mojarosi: tashabbus kim tarafda va qaysi tomon hujum boshlaydi?

 

Ukraina hozirgi vaqtda Rossiyaga qarshi hujum boshlay olmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi.

 

“Hozircha (qarshi hujumni) boshlay olmaymiz. Tank, artilleriyasiz jasur askarlarimizni oldinga marraga yuborishning imkoni yo‘q”, – degan u Yaponiyaning “Yomiuri” gazetasiga bergan intervyusida.

 

Ukraina yetakchisi o‘q-dorilar taqchilligi ham mavjudligini aytgan.

 

Bloomberg boshqa maʼlumot berdi

Kecha AQSHning Bloomberg agentligi Ukraina tez orada katta hujumni boshlashi mumkinligi to‘g‘risida xabar bergandi. Unga ko‘ra, Kreml yangi hujum kampaniyasidan voz kechgani va asosiy eʼtiborni Ukraina harakatlarini tiyib turishga qaratgani haqida so‘z boradi. Kiyev esa aksincha, yangi hujumni boshlashi haqida aytilgan.

 

“Moskva bu yil 400 ming ko‘ngillini armiyaga jalb qilmoqchi. Bu majburiy safarbarlikdan qochish imkonini beradi”, – deyiladi xabarda.

 

Aslida vaziyat qanday?

Amerikaning urushni o‘rganish instituti maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya axborot maydonida Ukrainaning ehtimoliy hujumi haqida mavzu tobora ko‘proq ko‘tarilmoqda.

 

Masalan, RF xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev OAV bilan suhbatida “ukrain hujum operatsiyalariga tayyorgarlik ko‘rayotgani”ni aytdi.

 

23 mart kuni esa “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin ham Kiyev hujumi boshlanishini aytgandi. ISW Rossiya hujumlari kulminatsiyada ekanini va bundan keyin zaiflashib borishini taʼkidlagan.

 

The Washington Post fevral o‘rtalarida AQSH Ukrainani ogohlantirganini yozgandi. Unga ko‘ra, Jozef Bayden maʼmuriyati Kiyev ko‘proq hududni ozod qilishini va muzokaralar stoliga kuchli pozitsiya bilan o‘tirishini istamoqda.

 

Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Mixail Podolyak qarshi hujum ikki oydan so‘ng boshlanishini aytgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика