
"Ushbu guruh bir qancha hukumat tuzilmalari uchun xavf va tahdidni yuzaga keltirdi. Bu tuzilmalar tashqi siyosiy faoliyat, shuningdek, texnologiyalar yetkazib berish bilan shug‘ullanadi", — degan kiberxavfsizlik sohasidagi “Mandiant” kompaniyasi rahbarlaridan biri.
CNN bu xakerlar 2020 yil AQSH hukumati idoralariga kiberhujum uyushtirgan guruh aʼzolari hisoblanadi. Telekanalning hukumatdagi manbasi AQSH rasmiylari rus xakerlari faolligini doimiy kuzatib kelayotganini aytgan. "Bu masala Oq Uyda bo‘lib o‘tgan milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ko‘tarilgan", — degan u.
AQSH doimiy ravishda Rossiyani kiberhujumlarda ayblab keladi. Moskva o‘z navbatida bu ayblovlarni rad etmoqda.
Bundan avval Facebook faoliyatida uzilish ro‘y bergani hamda Buyuk Britaniya o‘ziga zarar yetkazgan davlatlarga qarshi kiberhujumlar uyushtirishi xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


