1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Zelenskiy Rossiyaning yaqin kunlarda hujumlarni kuchaytirishi mumkinligini ma’lum qildi.

Rossiya yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yaqin kunlarda yangi hujumlarni boshlashi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi murojaatida ma’lum qildi.

 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva global muzokaralarda qulayroq siyosiy sharoit yaratish maqsadida zarbalardan foydalanishga urinishi ehtimoldan xoli emas.

 

“Rossiya qo‘shinlarining harakati va tayyorgarligi kuzatilmoqda. Biz, albatta, qarshilik ko‘rsatamiz – kerak bo‘lsa, assimetrik tarzda. Men Bosh qo‘mondondan jangovar qo‘mondonlar bilan uchrashishni so‘radim. Ukrainaga kuchli mudofaa pozitsiyalari va aniq qarshilik zarur”, — dedi Zelenskiy.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика