1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada o‘zbekistonlik fuqarolar nomaʼlum moddadan zaharlandi

Rossiya poytaxti Moskvada joylashgan migrantlar uchun mo‘ljallangan yotoqxonada bir nechta migrant noodatiy sharoitda zaharlandi. Bu haqda “Mash” xabar berdi.

Rossiyada o‘zbekistonlik fuqarolar nomaʼlum moddadan zaharlandi

 

 

Maʼlum qilinishicha, hodisa oqibatida 1 kishi vafot etgan, 3 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Taʼkidlanishicha, хostel egasiga migrantlarning o‘zini yomon his qilayotgani haqida o‘sha yerda yashovchilardan biri maʼlum qilgan. Shundan so‘ng ma'muriyat egasi voqea joyiga yetib kelgan. Eshik qo‘ng‘irog‘i bosilganda, hech kim ochmagan. Oqibatda, eshikni buzib, ichkariga kirishgan.

 

Xonada o‘zbekistonlik fuqarolar hushsiz holatda topilgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam mashinasi 3 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Аmmo 1 kishini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan. Kasalxonaga yotqizilgan 3 nafar  fuqarolarning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

 

Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan xonadonda zaharlanish bilan bog‘liq hoaltlarga dalil bo‘ladigan biror bir buyum topilmagan.

 

Avvalroq Germaniyada 7 kishi nomaʼlum moddadan zaharlangani va Tolyattidagi xostelda 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi zaharlangani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика