1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Rossiyaning ММА jangchisi Akmal Xojiyev emlash bo‘yicha mojaroda amerikalik shifokorni o‘ldirib qo‘ydi

Jangchi asli samarqandlik.

Rossiyaning ММА jangchisi Akmal Xojiyev emlash bo‘yicha mojaroda  amerikalik shifokorni o‘ldirib qo‘ydi

 

Rossiyaning MMA jangchisi Akmal Xojiyev AQSHda qotillikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda chempionat.com xabar berdi. 

 

Sportchi shifokor Miran Ribatini bo‘yinidan pichoq bilan so‘yib tashlagan. U bu qilmishini tan olgan. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, mojaroga koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

 

Guvohning aytishicha, Xojiyev va rentgenolog Miran Ribati ko‘p qavatli uylarning birida janjallashgan. Sportchi shifokorni bo‘g‘a boshlagan va uning tomog‘iga hayvon suyagi bilan urgan. So‘ng pichoq olib, so‘yib yuborgan.

Akmal Xojiyev ommaviy emlashlarga doimiy qarshi bo‘lgan. Jangchining bir nechta hamkasblari uni yaqinda jiddiy ruhiy muammolarga duch kelgani, vaqti-vaqti bilan o‘zini nazorat qila olmay qolayotgani, hati-harakatlarida tajovuzkorlik alomatlari borligini aytgan.

 

Hattoki, u avvalroq xodimlar va tashrif buyuruvchilarga tahdid qilgani sabab bir emas, ikki marotaba sport zalidan haydalgan. Hojiyev aralash yakkakurashlarda to‘rtta professional jang o‘tkazib, uchta g‘alabaga erishgan.

 

Avvalroq dzyudochi Kamoliddin Rasulov boshqa sportchi tomonidan pichoqlab, o‘ldirilgani hamda Qarshida ommaviy janjal vaqtida 19 yoshli sportchi to‘pponchadan o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика