
Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev Chilozor tumanidagi 318-saylov uchastkasida ovoz bergani haqida xabar berilgan edi.
"Prezident saylovi Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini belgilab beradigan siyosiy tadbir. Shu jihatdan bu saylovda ishtirok etish barchamizning konstitutsion huquqimiz, xalqimiz, oilamiz oldidagi burchimizdir", — deydi Samarqand viloyati hokimi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida 1111 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan; viloyatdagi saylovchilarning umumiy soni 2 million 194 ming 392 nafarni, jumladan, birinchi marta saylovda qatnashuvchi yoshlar 151 ming 676 nafarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval saylovchilarning umumiy soni 21,2 million nafardan oshgani, bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilar uchun eslatma, Prezident saylovini o‘tkazish bo‘yicha 10 mingdan ortiq saylov uchastkasi tuzilgani haqida xabar berilgandi.


