1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqandda giyohvand moddalarni sotayotgan 66 yoshli shaxs ushlandi

Bugungi kunda giyohvand moddalar savdosi boshqa davlatlar singari O‘zbekiston hududida ham dolzarbligicha qolmoqda. Samarqand viloyatida giyohvand moddalar savdosining oldi olindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Samarqandda giyohvand moddalarni sotayotgan 66 yoshli shaxs ushlandi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, 66 yoshli fuqaro Samarqand shahrida giyohvand moddalarini pullayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Xo‘jasoat mahallasida olib borilgan tezkor tadbir davomida ayblanuvchi tadbirga jalb qilingan shaxsga 6 dona sellofan paketga o‘ralgan, hajmi 20 gramm bo‘lgan opiy giyohvand moddalarini 100 AQSH dollari va 4 million 232 ming so‘mga kelishib, sotayotgan vaqtida ushlangan. 

 

 

Ushbu fuqaro bilan tintuv ishlari olib borilganda, shimining cho‘ntagidan qog‘ozga qadoqlangan vazni 3 gramm yashil rang va o‘tkir hidli marixuana giyohvand vositasi hamda 1 dona “Legopen” psixotrop dori borligi aniqlandi.

 

Surishtiruv ishlari davomida u o‘ziga tegishli opiy giyohvandlik moddasini 52 yoshli tanishidan olganligini aytgan. So‘ng uning tanishi ham tekshirilganda, avtomashinisining old o‘rindig‘ida 405 ming so‘m miqdoridagi pullar borligi maʼlum bo‘ldi. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda profilaktika inspektori 15 kilodan ortiq giyohvand moddasi aniqlagani hamda xizmat itlari yordamida yil boshidan buyon 98 kg turli giyohvandlik vositalari aniqlangan va yo‘q qilingandi. Shuningdek, taqiqlangan narkotik blok postda ushlab qolingani haqida xabar berilgandi.

 

 

   Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика