1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda “Tracker-2” haydovchisi bolani urib yuborib, qochib ketdi

Ayol haydovchi aniqlanib, avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Samarqandda “Tracker-2” haydovchisi bolani urib yuborib, qochib ketdi

Samarqand shahrida “Tracker” rusumli avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgach, hodisa joyini tark etgani aniqlandi.

 

Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuv orqali fosh etilgan. Kadrda “Damas” haydovchisi piyodalarni o‘tkazish uchun to‘xtagani, biroq ortdan kelayotgan “Tracker” esa qoidani buzgan holda aylanib o‘tib, bolani urib yuborgani aks etgan.

 

Bola jiddiy tan jarohati olmagan, ammo haydovchining mas’uliyatsiz harakati keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan.

 

O‘tkazilgan tezkor surishtiruv natijasida haydovchi shaxs va transport vositasi aniqlanib, avtomobil vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 137-moddasi — “Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyni tark etish” bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Qonunchilikka muvofiq, unga 15 asosiy hisob birligi (6,1 million so‘m) miqdorida jarima qo‘llanishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика