Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida “Lasetti” rusumli avtomobilni mast holatda boshqargan ayol haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruv jarayonida haydovchi Alisher Navoiy ko‘chasida to‘xtatilib, alkotester yordamida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Asbob natijasi 0,470 mg/l etanol miqdorini ko‘rsatgan bo‘lib, bu belgilangan me’yordan (0,135 mg/l) uch baravar ortiqdir.
Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi. Ayol haydovchilik huquqidan uch yilgacha muddatga mahrum etilishi mumkin.


