1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqanddagi bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Samarqanddagi bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

 

Bugun, 5-iyun kuni Samarqand viloyati Narpay tumanidagi bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat FVB axborot xizmati ma’lumot berdi.


Qayd etilishicha, yong‘in “Sari bozor” MFY hududida joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan va 22:10 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

 

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. 3 ta oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 70 kvadrat/metr maydonida shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib, zararlangan. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика