1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqandlik kuyov xotini va qaynonasini urib o‘ldirib qo‘ydi

U 24 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Samarqandlik kuyov xotini va qaynonasini urib o‘ldirib qo‘ydi

 

 Oliy sud matbuot kotibi xabar berishicha, Samarqand viloyatida xotini va qaynonasini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi.

 

Xabarda keltirilishicha, joriy yilning 18 iyul kuni soat 23:00 larda Pastarg‘om tumani Chandir qishlog‘ida yashovchi O. spirtli ichimlik va giyohvand modda taʼsirida o‘zaro nizo sababli ota uyiga ketib qolgan ayolining oldiga boradi.

 

U yerda oldindan kelishmay yurgan qaynonasi va xotini bilan janjallashib, ularni qo‘l va oyoqlari bilan shavqatsizlarcha kaltaklagan. Bundan tashqari, voqelikka  guvoh bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining ukasini ham do‘pposlagan. Badanning turli joylariga berilgan zarbalar oqibatida turmush o‘rtog‘i va qaynonasi vafot etgan.

 

Sudlanuvchi O. sud zalida o‘z aybiga iqror bo‘ldi:

 

“Xotinimni olib ketish uchun borgandim. Qaynonam bilan qaynukam olib ketmaysan deb, menga tashlanib qolishdi. Men shok holatga tushib, ularga qo‘l ko‘tarib qo‘ydim”.

 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi O. JKning 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 24 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamashida dahshatli qotillik: 17 yoshli qiz qo‘shni yigitni 29 marotaba pichoqlagani hamda  Andijonda aka o‘gay ukalarini chopib tashlagandi. Shuningdek, Samarqandda yer talashgan yigit pichoqlangani, voyaga yetmagan shaxs uch tengdoshiga pichoq urgani hamda qayniuka pochchasidan qasd olish uchun uning akasini pichoqlagani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика