1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sergelida ishchilar yotoqxonasida gaz portladi

Portlash bo‘lgan hodisa joyida 43 nafar ishchi bo‘lgan.

Sergelida ishchilar yotoqxonasida gaz portladi

 

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Sergeli tumanida ishchilar uchun joylashgan yotoqxonada havo-gaz aralashmasining chaqnashi va buning oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

 

Yong‘in oqibatida ulardan 18 nafari har xil turdagi kuyish tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yuborilgan. Aniqlanishicha,  05:43 da  yong‘in o‘chirilgan. Shuningdek, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar mavjud emas.


Birlamchi maʼlumotga ko‘ra, havo-gaz aralashmasining chaqnashiga gaz quvurlarining nosozligi oqibatida xonaga gaz to‘planishi sabab bo‘lganligi ochiqlangan.

 

Hozirda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Toshkent shahar FVB, IIB, SSB, Hududgaz taʼminoti rahbarlaridan iborat tezkor tergov guruhi tashkil qilinib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda  gaz quyish shoxobchasi portlagani hamda Toshkent davlat texnika universiteti oshxonasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика