Sergey Lavrov Afg‘oniston qo‘shnilariga iltimos bilan chiqdi

Rossiya TIV rahbari buni Tehrondagi uchrashuvda aytib o‘tgan.

Sergey Lavrov Afg‘oniston qo‘shnilariga iltimos bilan chiqdi

 

Rossiya Afg‘oniston qo‘shnilaridan NATO qo‘shinlarini o‘z hududida joylashtirmaslikni so‘radi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tehronda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida aytib o‘tgan.

 

“Afg‘oniston qo‘shnilaridan o‘z hududlarida AQSH va NATO kuchlarini joylashtirmaslikni so‘raymiz”, – degan Lavrov.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda G‘arb harbiy rahbariyatining ana shunday  rejasi bor.

 

Maʼlumot o‘rnida: Afg‘onistonda 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” qo‘liga o‘tdi. Shundan keyin AQSH va G‘arb qo‘shinlari olib chiqib ketilishi tezlashtirildi. Ayrim davlatlarning fikricha, AQSH Afg‘oniston qo‘shnilari hududida kontrterror kuchlarni joylashtirishga harakat qilmoqda. Xususan, O‘zbekistonga ham shunday taklif kelib tushgani xabar qilindi. Ammo keyinchalik bu mudofaa vazirligi tomonidan inkor qilindi.

 

Bundan avval Afg‘onistonda ISHID holati hamda Xitoy "Tolibon" bilan iqtisodiy hamkorlikning asosiy shartini maʼlum qilgani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика