Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubining 35 yoshli ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramos Realga qarshi Chempionlar ligasi javob o‘yinida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda “Footmercato” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ramos hali jarohati sabab to‘liq sog‘aymagan. “Real Madrid” bilan uchrashuv 9 mart kuni Madrid shahridagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yin parijliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Avvalroq, Mbappening onasi Madriddan uy qidirayotgani va “Real Madrid” Vinitsius bilan uzoq yillik kelishuvga erishmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


