1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Mbappening onasi Madriddan uy qidirmoqda

Mavsum yakunida futbolchi ispan klubiga o‘tishi mumkin.

Mbappening onasi Madriddan uy qidirmoqda

 

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappening onasi Madrid shahridan yangi uy qidirmoqda. Bu haqda “El Chiringuito" TV o‘zining Twitter sahifasida maʼlum qildi.

 

Manbaga ko‘ra, o‘tgan hafta futbolchining onasi Ispaniya poytaxtida uy-joy bo‘yicha tavsiyalar so‘ragan. Qayd etilishicha, hujumchining onasi La Moralexa boy hududdagi ikkita uyni olishini aytgan.

 

Avvalroq, fransuzlar jamoasi bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadigan 23 yoshli Mbappe yozda “Real” bilan shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi. Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida Mbappe “Park de Prens” stadionida qaymoqranglilar darvozasiga urilgan yagona gol muallifi bo‘ldi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 160 million yevroga baholamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Draksler “PSJ” uchun keraksiz futbolchiga aylangani va parijliklar Ramosdan norozi ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика