Ozoda Nursaidova o‘z sahifasida yangi qo‘shig‘iga ishlangan klipdan parchani eʼlon qilgan. Unda Shahzod Sultonov va Feruza Normatova rol ijro etgan. Maʼlum bo‘lishicha, klip syujeti real voqealarga asoslangan. Aktyor haqiqatdan ham hamkasbining qo‘lini so‘ragan va unga uzuk taqib qo‘ygan. Ozoda Nursaidova esa izohlarda ularga baxt tilagan.
Shuningdek, Feruza Normatova “stories”iga xonandaning ushbu taronasini tinglab ketayotgani aks etgan video joylagan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bu qo‘shiq u va Shahzod Sultonovning eng sevimli taronasiga aylangan. Feruza Normatova ham klipdan kichik lavhani sahifasiga joylab, «Siz menga uzuk bergan kun», deya yozib qoldirgan.
Shahzod Sultonov hamda Feruza Normatova 14 fevral kuni Instagram sahifasiga sevishib yurganiga ishora qiluvchi surat joylagan. Feruza Normatova joylagan fotoda oldidagi yigit yuzi berkitilgan, biroq aktrisa uning kimligini ko‘pchilik bilishini taʼkidlagan.
Shahzod Sultonov esa qo‘lida atirgul ushlab turgan fotoni joylagan va «yetar bolalar, shuncha ko‘cha changitib yurganimiz», deya izoh qoldirgan. Uning qo‘lida tutib turgan mazkur atirgulni Feruza Normatova ham o‘z fotosida ushlab turgan bo‘lgan.
Keyinroq esa aktrisa bu vaziyatga aniqlik kiritgan. Feruza Normatovaning so‘zlariga ko‘ra, ular bugundan boshlab alohida ijod qilishga kelishib olgan. Shu sababli aktrisa endi faqat o‘zi ijod qilishini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, ular do‘stona munosabatda bo‘lgan.
«Biz do‘stona munosabatlarimizni saqlab qoldik. Rasmga ham izoh berib ketaman. Biz giv konkursimizning startiga shu rasmni o‘ylagan edik. Hammasini bilasiz, tez kunda maʼlum qilamiz, deganimiz esa tez kunda startni bilasiz degan maʼnoda edi. Meni to‘g‘ri tushunasiz degan umiddaman. Har bir insonning hayotida muammolar bo‘ladi. Hech kimga ayta olmaydigan gaplari bo‘ladi. Bundan buyog‘iga men sizlar uchun ijod qilishdan to‘xtamayman. Menga ishongan odamlarning ishonchini oqlashga harakat qilaman», — deydi aktrisa.