1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yetakchilar xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

9 may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbarlari G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.

 

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da kengaytirish va mustahkamlash, shu jumladan Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik surʼatini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani taʼkidlandi.

 

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Gumanitar almashinuvlar, eng avvalo, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim sohalarida samarali bo‘layotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика