1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda uch qavatli uy portladi

Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.

Samarqandda uch qavatli uy portladi

Qayd etilishicha, 8-maydan 9-may kuniga o‘tar kechasi Samarqand shahar “Bog‘isaroy” MFY Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.

 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan. 

 

Chaqnash natijasida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1,2,3chi qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.

 

Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика