1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Sobiq viloyat hokimi Davron Hidoyatovning rejasi barbod bo‘ldi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatida salkam 34 yarim milliard so‘mlik haykal va kutubxona qurilishini bekor qildi.

Sobiq viloyat hokimi Davron Hidoyatovning rejasi barbod bo‘ldi

 

Yaqinda Toshkent viloyatining sobiq hokimi Davron Hidoyatov Nurafshonda Zulfiya Zokirova haykalini qurish uchun 28,4 milliard so‘m ajratili haqida qaror imzolagandi

 

Viloyatning yangi hokimi Zoyir Mirzayev Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish hamda “Nurafshon Business City” hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishinit bekor qildi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

 

 

Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan 34 400 000,0 ming (o‘ttiz to‘rt milliard to‘rt yuz million) so‘m mablag‘ viloyat mahalliy byudjetiga tiklangan holda — viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini taʼmirlash uchun viloyat “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga o‘tkazib berish maqsadida viloyat hokimligiga 1 650 000,0 ming (bir milliard olti yuz ellik million) so‘m mablag‘ ajratildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangani hamda u Toshkent viloyatida ilk "hokimlik soati" o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика