1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Suriya sudi sobiq prezidenti Bashar al-Asadni hibsga olishga order berdi

Sobiq prezidentga qarshi hibs orderi “Arab bahori” davridagi noroziliklar bilan bog‘liq.

Suriya sudi sobiq prezidenti Bashar al-Asadni hibsga olishga order berdi

Suriya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Bashar al-Asadni hibsga olish to‘g‘risida order chiqardi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, order 2011-yilda Daraa shahrida yuz bergan voqealar bilan bog‘liq ayblovlar asosida chiqarilgan. O‘sha davrda “Arab bahori” jarayonlari fonida Suriya poytaxti Damashq va mamlakat janubidagi Daraa shahrida hukumatga qarshi keng ko‘lamli namoyishlar boshlangan edi. Noroziliklar hukumatdan siyosiy islohotlar va prezident Asadning iste’fosini talab qilgan. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Daraa voqealarida yuzlab, keyinchalik minglab odamlar halok bo‘lgan.

 

Xalqaro hamjamiyat mazkur voqealarni qoralab, Asadni hokimiyatdan ketishga chaqirgan. 2024-yil noyabrida muxolifat kuchlari Damashqqa kirib, Asadni iste’foga va mamlakatni tark etishga majbur qildi. Shundan so‘ng “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhi rahbari Ahmad al-Shara 2025-yil 29-yanvarda o‘zini o‘tish davrida prezident vazifasini bajaruvchi sifatida e’lon qildi.

 

Keyinchalik TASS agentligi xabariga ko‘ra, Asad va uning oilasi Moskvaga yetib kelib, Rossiya ularga “gumanitar sabablarga ko‘ra” boshpana bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика