1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada YTH oqibatida 17 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi

Sud jarayoni 2025-yil 2-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Turkiyada YTH oqibatida 17 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 17 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro S.S. bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, voqea 2025-yil 5-aprel kuni Istanbul shahrida sodir bo‘lgan. Og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan S.S. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay 10 kun o‘tib vafot etgan. Marhum 17-aprel kuni Samarqand viloyatida dafn etildi.

 

Qayd etilishicha, fuqaroning oila a’zolari hodisadan so‘ng konsullikka murojaat qilmagan.

 

YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi avvaliga hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga borib, o‘zini ixtiyoriy ravishda topshirgan. Tekshiruv chog‘ida uning qonida giyovandlik moddasi borligi aniqlangan.

 

Hozirda mazkur shaxs qamoqqa olinmagan bo‘lib, sud majlisi 2025-yil 2-oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика