Quvonarlisi, unda O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va jami 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ulug‘bek Rashitov, Jasurbek Jaysunov, Nikita Rafalovich va Shuhrat Salayev barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘lishdi va terma jamoamiz hisobiga 4 ta OLTIN medalni qo‘shib qo‘ydi! Bungacha mustaqil O‘zbekiston tarixida hech qachon Osiyo chempionatida 4 ta oltin medal qo‘lga kiritilmagan edi!
Yana bir faxrlanadigan jihat: o‘zbekistonlik erkak taekvondochilar taekvondo vatanida yaʼni Janubiy Koreyada, taekvondo yurtida katta bo‘lgan sportchilarni oltin medallar soni bo‘yicha dog‘da qoldira olishdi 4:3! Bundan tashqari eronlik erkak taekvondochilar bu Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilarga hech qanday qarshilik qila olishmadi va bironta oltin medalni qo‘lga kirita olishmadi.


