1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tayvanda urush boshlansa, dunyo yarimo‘tkazgichlarsiz qolishi mumkin

Orolda mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalar joylashgan.

Tayvanda urush boshlansa, dunyo yarimo‘tkazgichlarsiz qolishi mumkin

 

Agar Xitoy Tayvanga bostirib kirsa, har ikki hudud iqtisodiyoti beqarorlikka yuz tutadi. Bu haqda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan  Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) direktori Mark Lyu maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomonlama urush boshlansa “Pekin orolga hujum boshlasa, mikrosxemalar bizni qiziqtiradigan eng oxirgi narsa bo‘lib qoladi”. Lyu harbiy harakatlar vaqtida uning kopmaniyasi himoyasiz qolishi va faoliyati to‘xtashi mumkinligidan ogohlantirgan.

 

TSMC rahbari bu Xitoyga ham zarar keltirishini, sababi kompaniyaning 10 foiz ulushi Pekinga tegishli ekanini aytgan.

 

Lyu dunyo iqtisodiyoti to‘xtab qolmasligi uchun barcha tomonlardan nizoning oldini olishga harakat qilishni iltimos qilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 1 avgust kuni AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Osiyo bo‘ylab safarini boshladi. Uning Tayvanga ehtimoliy tashrifi Xitoyning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.  Xususan, Si Szinpin Jozef Bayden bilan telefon muloqoti chog‘ida "olov bilan o‘ynashmaslik"ni maslahat bergandi.  Bundan tashqari, Xitoy dengiz kuchlari Tayvan yaqinida yirik mashg‘ulotlar boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Avvalroq AQSH Tayvan tufayli Ukrainaga eʼtiborini susaytirishi mumkinligi taxmin qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика