Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qirg‘iz harbiylari qishloqni o‘qqa tutishi oqibatida to‘rt kishi yaralanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Ria Novosti” nashri xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston harbiylari Tojikiston sharqidagi Laxsh tumanida qishloqni o‘qqa tutib, beshta uyni vayron qilishgan.
“Qirg‘iziston qurolli kuchlari o‘t ochishni to‘xtatish shartlari va talablarini buzib, 17-sentyabr kuni soat 11:50 da O‘sh shahrining Jonoloy tumanidan fuqarolarning uylariga qarata o‘t ochdi”, — deyiladi Tojikiston chegara qo‘shinlari bayonotida.
Qirg‘iziston tomoni esa tojik harbiylarini Oqsuv daryosiga o‘rnatilgan 36 metrli avtomobil ko‘prigini portlatib yuborganlikda ayblamoqda.