1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston Tojikistondan chegaradagi vaziyatni keskinlashtirmaslikni talab qildi

Qirg‘iziston tomoni otishmalarni “rejalashtirilgan bosqinchilik” deb baholamoqda.

Qirg‘iziston Tojikistondan chegaradagi vaziyatni keskinlashtirmaslikni talab qildi

 

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi chegarada sodir bo‘lgan voqealarni Tojikiston tomonidan oldindan rejalashtirilgan qurolli bosqinchilik harakati deb atadi. Bu haqda “Sputnik” nashri yozmoqda.

 

Vazirlikka koʻra, chegaradagi bosqin Qirg‘iziston hududida boshlangan va tojik harbiylari sodir etgan jinoyatlarni tasdiqlovchi barcha dalillar mavjud.

 

“Tojikiston tomonning harakatlari yirik davlatlararo mojaroning boshlanishiga va butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi bayonotda.

 

Shu bilan birga, Qirg‘iziston TIV bahsli masalalarni faqat tinch yo‘l bilan va muzokaralar stolida hal qilish zarurligini ta’kidlagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика