1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Tolibon"dan intervyu olgan jurnalist ayol harakatdan qo‘rqqani bois Afg‘onistonni tark etdi

Afg‘onistonlik jurnalist Beheshta Argand “Tolibon”dan qo‘rqqani sababli mamlakatni tark etdi.

"Tolibon"dan intervyu olgan jurnalist ayol harakatdan qo‘rqqani bois Afg‘onistonni tark etdi

 

 

Beheshta Argand TOLO newsda ishlagan. 15 avgust kuni “Tolibon” hukumatni egallagandan so‘ng harakat vakillaridan hisoblangan  Abdul Haq Hamad bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervyu olib borgan. Bu esa jahon hamjamiyatining diqqatini tortgandi.

 

Jurnalist CNNga mamlakatni tark etgani haqidagi maʼlumotni tasdiqlagan. Xususan, WhatsApp tarmog‘i orqali,

 

"Men mamlakatni tark etdim, sababi millionlab insonlar qatori men ham ‘Tolibon‘dan qo‘rqaman", -deya maʼlum qilgan.

 

Shuningdek, Afg‘onistonning ikki ayol uchuvchisidan biri Safiya Feruziy ham tark etgan. Feruziy toliblar tomonidan toshbo‘ron qilingani xabar qilingan edi, ammo keyinchalik Qatarda ekanligi maʼlum bo‘ldi.

 

“Tolibon” 17 avgust kuni bergan matbuot anjumanida ayollar huquqini himoya qilishga vaʼda bergan. Ammo shundan keyin ayollarning ishga kelishi taqiqlandi. Shuningdek, dastlab harakat ayollarning taʼlim olishiga to‘sqinlik qilmasligi maʼlum qilgan. Lekn keyinchalik Badaxshon viloyatida  6 sinfni bitirgan qizlarga taʼlim olish taqiqlab qo‘yildi.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSH qo‘shinlari olib chiqib ketilishi ortidan toliblar Afg‘onistonda  faollashdi. 15 avgust kuni Kobulning “Tolibon” tomonidan egallanishi Afg‘onistondan ko‘plab ayollarni ham tark etishga majbur bo‘ldi. Hozirda birgina AQSH 100 ming afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilgani aytilmoqda.

 

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика