
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani o‘z xohishi bilan mamlakatni tark etdi. AQSH elchisi Kobul aeroportiga evakuatsiya qilindi hamda Amerika o‘z elchixonasidan voz kechdi.
Tolibon Afg‘onistonning yangi Islom Amirligini eʼlon qilish rejasidan oldin ham uning hukmronligining ikkinchi davri amalda boshlangani aniq edi. Tolibon harakati kunni g‘alabaga shunchalik ishonch bilan boshladiki, uning jangchilari poytaxtni o‘rab olishdi. So‘ng shahar tashqarisida qolishni va kutishni buyurdi.
“Bizning kuchlarimiz Kobul shahriga kirmayapti. Biz hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tishini xohlaymiz”, — dedi Tolibon matbuot kotibi Suhayl Shahin. — Ammo taslim bo‘lish muqarrar bo‘lib, Afg‘oniston hukumati kuchlari dosh berolmadi. Shaharlar talon-taroj qilindi. Bir necha soatdan keyin esa Tolibon o‘z jangchilarini tartibni tiklash uchun zarur deb eʼlon qildi.
Ular jangarilar sifatida emas, balki askarlar sifatida o‘zlarini kutib turgan hukumat sifatida ko‘rsatishdi. Kechga yaqin Tolibon Afg‘onistonning tarixiy hokimiyatini egallab oldi. Bu harakat birinchi hokimiyatni o‘rnatganidan yigirma yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, yangi Islom Amirligini eʼlon qilish uchun yana qaytdi.
Amerikadagi 11 sentyabr hujumlarining 20 yilligiga bir oy qolganda Afg‘onistondagi Qo‘shma Shtatlarning elchixona binosidan tutun chiqib ketdi. Xodimlar hujjatlarni shoshilinch ravishda yo‘q qildi. Elchixonadagi oxirgi guruh AQSH bayrog‘ini olib, harbiy vertolyot bilan aeroportga yo‘l oldi.
Odamlar g‘arb yoki hukumat aloqalari haqidagi dalillarni yo‘q qilish uchun uylariga yugurishdi. Burkasiz ayollar hijob sotib olish uchun do‘konlar qidirishdi. Hatto shifoxonalar ham yopildi. Istirohat bog‘larida va boshqa ochiq joylar Tolibondan qochgan odamlar bilan to‘lgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar agentligi Afg‘onistonda joriy yil boshidan buyon davom etayotgan mojaro tufayli 550 mingdan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketganini aytdi.
Tolibon matbuot kotibi Shaxin, qulagan hukumat hamda g‘arb davlatlari bilan ishlaganlar uchun “amnistiya” berishni vaʼda qildi. Ularni ehtimol, faqat erkaklarni Tolibon hukmronligi ostida xizmat qilishga taklif qildi. “Biz ularni yana bir bor kelib, millat va vatanga xizmat qilishga taklif qilamiz”, — degan u o‘z nutqida.
Ammo bu taklifga ko‘pchilik tomonidan shubha bilan qaraldi. Harakat qo‘lga kiritgan hududlarda qasos olishlar, taslim bo‘lgan askarlarning qatl etilishi yoki qurol bilan ishdan bo‘shatilgan, o‘qishdan chetlatilgan va jangarilar tomonidan turmush qurishga majbur qilingan ayollar haqida ishonchli xabarlar bor.
Afg‘oniston hukumatining qolgan qismlari hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘tkazish, qochqinlar bilan muomala qilish va repressiyalarni taqiqlash vaʼdasini olish uchun Tolibon bilan uchrashish uchun Qatarning Doha shahriga bordi.
Barcha g‘arbiy elchixonalar AQSH talabiga binoan faqat aeroportdan hududida faoliyat yuritmoqda. Butun shahar bo‘ylab ularning binolari deyarli bo‘sh qoldi. Rossiya, Pokiston, Eron kabi mamlakatlarning diplomatlari o‘z binolarida qolgan.
Odamlarning davlatni tark etishi yakshanba kuni ertalab boshlandi. Chunki isyonchilar hukumatning oxirgi yirik markazi bo‘lgan sharqdagi Jalolobod shahrini va Pokiston bilan yaqin chegarani egallab oldi.
Xabarlarga ko‘ra, kechga yaqin Ashraf G‘ani Tojikistonda bordi. Ashraf G‘ani Fasebook‘dagi postida Kobulning millionlab aholisining qoni to‘kilmasligi va Tolibon bilan to‘qnashuvlarni oldini olish uchun mamlakatni tark etganini aytdi. “Tolibon meni olib tashlashga muvaffaq bo‘ldi”, — dedi Prezident. — Ular bu yerga butun Kobul va Kobul xalqiga hujum qilish uchun kelgan. Suvday ketayotgan qon toshqinining oldini olish uchun mening chiqib ketishim yaxshiroq, deb o‘yladim”.
Dohaga muzokaralar uchun borgan, qulaayotgan hukumatning Bosh tinchlik elchisi Abdulla Abdulla o‘z lavozimidan va mamlakatdan ketganini tasdiqladi. “Afg‘onistonning sobiq prezidenti Afg‘onistonni tark etib, mamlakatni bu og‘ir ahvolda qoldirdi”, — dedi u. — Xudo uni javobgarlikka tortishi kerak.”
Sobiq prezident Hamid Karzay, aksincha, qizlari bilan Kobulda qolishni vaʼda qilib, o‘z videosini tarqatdi. U yangi tuzilgan Afg‘oniston rahbarlarining muvofiqlashtirish kengashining aʼzosi bo‘lib, u Tolibon bilan uchrashadi hamda hokimiyatni Tolibonga berishni boshqaradi.
Poytaxtdagi milliy telekanaldan qo‘shinni qayta tashkil qilishni vaʼda qilgan odamning qochishi barchani g‘azablantirdi. “Ashraf G‘ani mamlakatni Tolibonga sotdi. Men unga ishonardim va unga ovoz bergandim, lekin u muvaffaqiyatsiz rahbar ekan”, — dedi davlat xizmatchisi Karima Jamili.
Ammo Tolibon yaqinlashib kelgach, ko‘chadan-ko‘chaga urushlar, qo‘rquvlar vujudga keldi. 1990 yillarda Afg‘onistonni parchalab tashlagan va Kobulni xarobaga aylantirgan shafqatsiz fuqarolar urushining yana qaytishidan hamma cho‘chirdi. Shunday qilib, butun xalq bundan keyin nima bo‘lishidan qo‘rqqaniga qaramay, Ashraf G‘anining ketishini mamnuniyat bilan kutib oldi.
Barcha viloyatlar Tolibon nazorati ostida ekanini hisobga olsak, bu zo‘ravonlikni vaqtincha kamaytirishning yagona yo‘li edi. Tolibonning deyarli poytaxtni qonsiz egallab olishi Afg‘onistonning turli shaharlarida 11 kunlik hujumidan keyin sodir bo‘ldi. Tolibon may oyida boshlangan urushda Afg‘onistonning aksariyat qishloqlarini va asosiy chegara o‘tish joylarini egallab olishgandi. Lekin shu oyda ular butun mamlakat bo‘ylab butun boshli shaharlarga bosib olishga o‘tdi. Afg‘on harbiylarini parchaladi va aholini ham ruhiy tushkunlikka tushirdi.
Shundan so‘ng Tolibon Kobulni qachon egallashi mumkinligi haqida savol tug‘ildi, lekin shunga qaramay yakshanba kuni shaharning qulashi hech kimning xayoliga kelmagan edi. O‘tgan haftadagi AQSH razvedkasi hisob-kitoblariga ko‘ra, Kobul kamida uch oy hujumlarga bardosh berishi mumkin edi.
Buyuk Britaniyada ham, AQSHda ham siyosatchilar uzoq davom etadigan antiterror vazifasini bajarishga harakat qilishdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsondan Afg‘onistondagi vaziyat haqida so‘raganida, televideniyedagi intervyusida shunday dedi: “G‘arb Afg‘onistonning yangi hukumatga o‘tishi uchun birgalikda harakat qilishi juda muhim. Tolibon boshqaradigan Afg‘onistonni hech kim xohlamaydi. Chunki Afg‘oniston yana terrorning uyasi bo‘lishi mumkin.”
Ammo G‘arb yillar davomida Afg‘onistonda demokratiya va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifani qo‘ygandi va bu yutuqlarning aksariyati Tolibon kelishi bilan yo‘q qilinadi. Tolibon har doim islomni qattiq talqin qilish uchun kurashayotganini ochiq aytgan. Bu, ayniqsa, ayollar va qizlarga nisbatan qattiq cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘p yillar davomida AQSH vositachiligida bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralarida Tolibon muzokarachilari islom sharoitida ayollarning huquqlarini hurmat qilishga vaʼda bergan. Biroq tafsilotlarni aytib berishdan bosh tortishgan. Lekin ular nazorat qiladigan hududlarda ayollarning taʼlim, ish va harakat erkinligi cheklangan.
Kobulda do‘konlar to‘y libosidagi ayollarning rasmlarini o‘chira boshladi hamda ayollar butunlay boshqacha hayot kechirishga ko‘nikmoqda. “Bugun men juda xafa bo‘ldim. Toliblarning Kobulga qaytgani men uchun aql bovar qilmas edi”, — dedi mahalliy ayol. —Ular bizning erkinligimizni hurmat qilmaydi.”
Akram Hamraqulov


