1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

To‘raqo‘rg‘on tumanida avtohalokat: “Spark” yonib ketdi

Bugun Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida kutilmagan avtotransport hodisasi yuz berdi. Ushbu voqea halokatli yakunlandi.

To‘raqo‘rg‘on tumanida avtohalokat: “Spark” yonib ketdi

 

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, shu yil 6 sentyabr kuni soat 15:58lar chamasida, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Chustko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Tut ko‘chasida harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1961yilda tug‘ilgan, shu tumandagi “O‘rda yer” mahallasida yashovchi fuqaro F.Q. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” avtomomashinasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Oqibatda, avtomashinaning saloni, matori va kuzovi to‘liq yonib, zararlangan.


Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to‘xtatgan va o‘t o‘chirish xizmatiga xabar bergan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qisqa fursat ichida bartaraf etilgaan. Yong‘in sababli tan jarohati olganlar yo‘q.


Mazkur hodisa yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar hamda tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Shu o‘rinda, barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlari so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida va Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketgandi. Shuningdek, Qashqadaryoda “Isuzu” bilan to‘qnashgan “Lasetti” yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика