1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent aeroportida rasmiy taksi ish boshladi

Xizmat ko‘rsatish uchun “Komfort”, “Biznes”, “Lyuks” va “Premium” tariflari joriy qilingan.

Toshkent aeroportida rasmiy taksi ish boshladi

 


Bugun, 12-sentabr kuni Toshkent xalqaro aeroporti hududida auksion orqali g‘olib deb topilgan taksi xizmati ish boshladi. 

 

“Taxi Airport Tashkent” stikerlari tushirilgan katta va keng yukxonaga ega yangi benzinli avtomobillar uchib kelish zali chiqishida turadi.

 

Yo‘lovchilar uchib kelish zalida o‘rnatilgan peshtaxta oldiga kelib, manzilini aytadi. Menejer tarif bo‘yicha kilometrni hisoblab chiqadi va to‘lash uchun summani aytadi. Agar narx yo‘lovchiga to‘g‘ri kelsa, u to‘lovni (naqd yoki bank kartasi orqali) amalga oshiradi. Shundan so‘ng manzili va to‘langan summasi ko‘rsatilgan kvitansiya bilan terminaldan chiqib, birinchi turgan taksiga o‘tiradi. Shuningdek, yo‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri peshtaxtani chetlab o‘tgan holda birinchi turgan mashinaga o‘tirib, taksi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, terminal oldiga kirish faqat “Taxi Airport Tashkent” xizmati uchun mumkin bo‘ladi. Boshqa barcha taksilar avtoturargohlar oldidan yo‘lovchilarni olib ketishlari mumkin bo‘ladi. Yo‘lovchi o‘z haydovchisini tezda topishi uchun uzoqdan ko‘rinadigan katta belgi o‘rnatiladi, bu taksi va yo‘lovchining uchrashadigan joyi ekanligini ko‘rsatadi.

 

Aeroportda xizmat koʻrsatish uchun kompaniya “Komfort”, “Biznes”, “Lyuks” va “Premium” tariflarini joriy qildi. Mijozlarni birinchi qatorda “Komfort” tarifidagi avtomobillar kutadi. Boshqa tariflardagi avtomobillar ikkinchi qatorda turadi yoki yo‘lovchining iltimosiga binoan xizmat ko‘rsatiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика