1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida nam qorli havo massasi faol

Ayrim hududlarda qor bo‘ron hodisalari kuzatilmoqda.

Toshkent viloyatida nam qorli havo massasi faol

 

"O‘zgidromet" ayrim stansiyalari joylarda havoning gorizantal ko‘rinishi 500 metrgacha cheklangan qor bo‘ron hodisalari bo‘layotgani qayd etmoqda.

 

Oxirgi kuzatuvlarga ko‘ra, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatining barcha meteorologik kuzatuv stansiyalarida qor yog‘ayotgani qayd etilgan.

 

Respublikaning shimoliy qismidan o‘tayotgan antisiklon chekka qismi sharqiy hududlardagi nam havo massalariga sezilarli ta’sir o‘tkaza boshlamoqda va bu qor bo‘ronlar yog‘ayotganida aks etdi. 

 

Vaziyat shu yo‘sinda davom etsa, yo‘lsozlar, markaziy shahar va shaharlarni birlashtiruvchi avtomobil yo‘llarida mayda qum reagentlarini jadal sepishlariga to‘g‘ri keladi.

 

Qor yog‘ishi tog‘larda yaxshigina qor qoplami hosil bo‘lishiga olib kelmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика