1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida avtomobildan noqonuniy 11 dona travmatik to‘pponcha patronlari topildi

Tekshiruv jarayonida haydovchi o‘q-dorilar haqida og‘zaki so‘rovda ham, deklaratsiyada ham ma’lumot bermagani aniqlangan.

Toshkent viloyatida avtomobildan noqonuniy 11 dona travmatik to‘pponcha patronlari topildi

Toshkent viloyati “Bekobod avto” chegara bojxona postida o‘tkazilgan ko‘rik chog‘ida yengil avtomobil ichidan noqonuniy o‘q-dorilar fosh bo‘ldi. Bojxona xodimlari Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda to‘xtatgan mashina orqa o‘rindig‘i ostidagi buyumlar idishidan 11 dona 10 millimetrli travmatik to‘pponcha patronlari topilgan.

 

Tekshiruv jarayonida haydovchi o‘q-dorilar haqida og‘zaki so‘rovda ham, deklaratsiyada ham ma’lumot bermagani aniqlandi. Topilgan patronlar qonuniy ruxsatsiz olib kirilganligi sababli, ular darhol musodara qilindi.

 

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilar ushbu fakt bo‘yicha barcha qonuniy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

 

Qonunchilikka muvofiq, O‘zbekistonga fuqaroviy yoki xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini faqat tegishli organlar ruxsatnomasi bilan olib kirish yoki olib chiqish mumkin. Ushbu tartibni buzgan shaxslar qonun oldida javobgarlikka tortiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика