1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Erdo‘g‘an va Ahmad al-Sharaa Dohada uchrashdi

Ular nima haqida suhbatlashishdi?

Erdo‘g‘an va Ahmad al-Sharaa Dohada uchrashdi

Qatarning poytaxti Dohada bo‘lib o‘tayotgan Arab-Islom sammiti doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya Prezidenti Ahmad al-Sharaa bilan uchrashdi. Tomonlar Suriyadagi vaziyat, ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

 

Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada turli kuchlarni birlashtirish bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yayotganini ta’kidlab, mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlash muhimligini qayd etdi. U, shuningdek, Suriya demokratik kuchlari (SDS) tomonidan 10-martdagi kelishuvga rioya qilinishi zarurligini eslatdi.

 

Prezident Sharaa o‘z navbatida Suriyaning Qatarni Isroil hujumlariga qarshi qo‘llab-quvvatlashini bildirar ekan, “Har bir millat birlashsa kuchi ortadi, bo‘linib ketsa esa zaiflashadi,” deya ta’kidladi. U mintaqaviy birdamlikning nafaqat Suriyaga, balki butun arab dunyosiga foyda keltirishini alohida urg‘uladi.

 

Sharaa ushbu uchrashuv orqali o‘z mamlakatining mintaqadagi o‘rnini mustahkamlashni va BMT Bosh Assambleyasi doirasida AQShga tashrifidan oldin arab va musulmon davlatlaridan diplomatik qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика