1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 8-sentabrdan issiq suv bosqichma-bosqich o‘chiriladi

Avvaroq sovuq suv ta’minotining jadval asosida o‘chirilishi ma’lum qilingan edi.

Toshkentda 8-sentabrdan issiq suv bosqichma-bosqich o‘chiriladi

“Toshkent shahar issiqlik tarmoqlari”da kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan 8-sentabrdan 10-oktyabrgacha poytaxtning ayrim hududlarida issiq va sovuq suv ta’minoti jadval asosida vaqtincha to‘xtatiladi.

 

“Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, bunday texnik tadbirlar tizimni qishki mavsumga barqaror tayyorlash uchun zarur.

 

Toshkent shahrida issiq suv ta’minotining vaqtinchalik to‘xtatilish jadvali:

 

8–12 senyabr: Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li, Feruza ko‘chalari.

Massivlar: Qorasuv–1,2,3,4,6; Bo‘z–2; Feruza.

 

Qo‘shimcha hududlar: Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston,

Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin.

 

Massivlar: Chilonzor (5–26, 30, 31, G9A, 20A), Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy–1,2, Beshqayrag‘och, Izza, O‘rikzor bozori atrofi.

 

15–19 sentabr: Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysizlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari.

 

Massivlar: Tuzel–1÷4, Uysizlar–1, Asalobod–1,2, Aviasozlar shaharchasi (1,1a,2,3,4).

 

Ko‘chalar: Amir Temur, Mustaqillik, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Shota Rustaveli, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Nurafshon, Afrosiyob.

 

Massivlar: Ts–1,2,4,5,7; Oqtepa, Chilonzor (1–5,7,E,I), Qushbegi, Boshliq, Uchuvchilar shaharchasi.

 

22–26 sentabr: Mustaqillik, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on ko‘chalari.

 

Massivlar: Yalang‘och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z–1, ToshGRES posyolkasi.

 

Qo‘shimcha hududlar: Bunyodkor, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Shifonur, Chorsu maydoni va atrofi.

 

29 sentabr – 3 oktabr: Amir Temur, Mustaqillik, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Yahyo G‘ulomov, Shahrisabz, Shastri, Dehqonobod, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Yunusobod ko‘chalari.

 

Massivlar: Beltepa, Ibn Sino–1,2, Jarariq, Beshqo‘rg‘on–1÷4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, Yunusobod (1–19), Sebzor.

 

6–10 oktabr: Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Talimarjon, Fayzobod ko‘chalari.

 

Massivlar: Qo‘yliq–1÷7, Qo‘yliq–Aylanma.

 

Qo‘shimcha hududlar: Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Sergeli (1–8A), Yulduz (1–18).

 

Massivlar: Suvsoz (Husayn Boyqaro ko‘chasi, Bektemir), Quruvchi (Sergeli).

 

Eslatib o‘tamiz, ilgari sovuq suv ta’minotining jadval asosida o‘chirilishi haqida ma’lum qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика