1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda 2 yoshli qizaloqning o‘limi bo‘yicha bog‘cha rahbariga hukm o‘qildi

2 yoshli qizning mashinada qolib ketishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha bog‘cha rahbari 3 yilga qamaldi.

Qashqadaryoda 2 yoshli qizaloqning o‘limi bo‘yicha bog‘cha rahbariga hukm o‘qildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida ro‘y bergan fojia bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. 20-iyun kuni yuz bergan hodisada 2 yoshli qizaloq avtomobil ichida qolib ketib, hayotdan ko‘z yumgan edi.

 

Tergov hujjatlariga ko‘ra, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari o‘sha kuni bir necha bolani o‘z avtomobilida bog‘chaga olib kelgan. E’tiborsizlik oqibatida 2 yoshli qizaloq mashinada eshiklar yopiq holda qoldirilgan va bir necha soat davomida nafas ola olmay vafot etgan.

 

Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z aybini tan oldi. Qizaloqning onasi esa sud majlisida rahbarning beparvoligini keskin qoralab, unga qonuniy jazo qo‘llashni talab qildi.

 

Sud hukmiga muvofiq, L.H Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (“Kasb yuzasidan o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam o‘limiga sabab bo‘lish”) bo‘yicha aybdor deb topildi. Unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanib, manzil-koloniyada jazo o‘tashi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика