1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda ishqiy munosabatda bo‘lgan yigit "sevgan qizi"dan pul undirib kelgani aniqlandi

Toshkentda bir qizning ishonchiga kirib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib va bu orqali undan pul undirib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Toshkentda ishqiy munosabatda bo‘lgan yigit "sevgan qizi"dan pul undirib kelgani aniqlandi

 

Maʼlum bo'lishicha, 21 yoshda bo‘lgan M. ismli qiz ijtimoiy tarmoq orqali 26 yoshli B. bilan tanishib qolgan. Ular Telegramda tez-tez yozishib turgan va ular o‘rtasida yaqinlik paydo bo‘lgan. O‘zaro suhbatlar davomida yigit M.ga qo‘ng‘iroq qilib, biznes bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytgan va Qozog‘istondan kafel xarid qilish uchun pul so‘ragan. Mablag‘ katta bo‘lmagani sabab M. darrov plastik kartasi orqali zarur pulni ko‘chirib bergan. Oradan bir necha kun o‘tgach, B. yana qo‘ng‘iroq qilib, kafellar sotilmaganini va ularni qaytarish uchun yana 1 million so‘m kerakligini aytgan.

 

Shuningdek, yigit M.dan o‘z nomiga 3 million so‘mlik telefonni kreditga olishini iltimos qilgan. Yigitga telefon biznesni rivojlantirish uchun kerak bo‘lganini aytgan, ammo keyinchalik kreditni qiz to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.

 

Kunlardan birida B. M.ni ijarada turadigan uyiga taklif qilgan va ular orasida yaqinlik sodir bo‘lgan. Shu kuni kechqurun yigit M.ga qo‘ng‘iroq qilib, ularning yaqinligi xonadon egasi tomonidan o‘rnatilgan yashirin kamera orqali tasvirga tushirilganini, uy egasi 15 million so‘m so‘rayotganini aytadi. Agar aytilgan summani topib berishmasa videoni internetga joylashi bilan qo‘rqitayotganini aytgan.

 

Sharmandalikdan qo‘rqqan qiz B.ga 500 AQSH dollarini berib yuborgan. Bir necha kundan so‘ng B. yana qo‘ng‘iroq qilib, xonadon egasi videoni prokuraturaga topshirganini aytgan. Shuningdek, B. so‘roqqa borib kelganini, tergovchi agar 20 ming dollar bermasa, M. va uning ota-onasini chaqirib, videomaterialni ularga ko‘rsatishi bilan qo‘rqitganini qo‘shimcha qilgan. B. uyini 18 ming dollarga sotib masalani hal qilishini aytgan. Ammo 2 ming AQSH dollarini M.ning o‘zi topishi kerak bo‘lgan.

 

Qizning otasi uydan pullar yo‘qolayotganini payqab qolgan va qizi bilan o‘zaro gaplashgan. Shu sabab qiz otasiga hamma narsani aytib berishga majbur bo‘lgan. M.ning otasi qizini kechirgan va ular birgalikda huquqni muhofaza qilish organlariga ariza yozgan.

 

Keyingi kuni M. va B. kafeda uchrashgan va qiz yigitga pullarni uzatganida u huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

So‘roq davomida B. qilmishiga iqror bo‘lib, qizni aldab olgan barcha pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganini aytgan. B.ga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq Qarshida 19 yashar yigit voyaga yetmagan qizni zo‘rlab kelganiga qaramay unga nisbatan jinoiy ish ochilmagani, jizzaxlik erkak qo‘shnisini o‘z turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatini payqab 7 marta pichoq sanchib o‘ldirib qo‘ygani hamda Jizzaxda uch erkak ko‘chadagi ayolni zo‘rlagani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика