Avvalroq 12-fevral kuni Uchtepa tumanining 15-mavzesida yashovchi 25 yoshli G‘ulomov Abbosxon Axrorxo‘jayevich bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, o'sha kuni yigitning to‘yi bo'lishi kerak bo'lgan. Yaqinlarining aytishicha, u uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Telefoni ham o‘chiq ko'rsatgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, qidiruvga berilgan yigit Abbosxon G‘ulomov topilgan. Hozirda uning holati yaxshi va xavotirga o‘rin yo‘qligi aytilmoqda.
“Uning qidiruvida qatnashgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz”, — deyiladi IIBB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada ham bedarak yo‘qolgan fuqaro qidirilayotgani haqida xabar berilgandi.


