1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

“Twitter Blue” obunasi savdosi boshlanadi

Yangi obuna profilni tasdiqlash belgisini o‘z ichiga oladi.

“Twitter Blue” obunasi savdosi boshlanadi

 

Ertaga, 12-dekabr kuni “Twitter Blue” obunasi savdosi qayta boshlanad. Bu haqda kompaniya xabar qildi.

 

Obuna oyiga 8 dollar, iOS qurilmalari egalari uchun 11 dollar turadi. Avval xabar qilinganidek, obuna narxidagi farq App Store komissiyasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Yangi obuna profilni tasdiqlash belgisini o‘z ichiga oladi. “Twitter Blue” foydalanuvchilari o‘z profili surati va nomini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi, biroq bu holda “ko‘k belgi” tekshirish davrida yo‘qoladi.

 

Eslatib o‘tamiz, “Twitter Blue” bir yildan ko‘proq vaqt oldin taqdim etilgan. Ilon Mask kompaniya egasi bo‘lganidan so‘ng obuna shartlarini o‘zgartirish, uning funksionalligini kengaytirish va narxini oshirish rejalari eʼlon qilindi. Noyabr oyi boshida yangi shartlar bo‘yicha obunani qayta ishga tushirish AQSHda oraliq saylovlar o‘tguncha qoldirilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика