1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi

Shuningdek, u avtotransport boshqarish huquqidan mahrum qilingan.

Uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi

Avvalroq Samarqandda Damas va Cobalt to‘qnashishi oqibatida uch kishi vafot etgani va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 29 iyul kuni soat 12:30 atrofida Samarqand viloyati Urgut tumani "Xo‘jaguzar" MFY hududidan o‘tuvchi "Urgut-G‘o‘s-Avazmergan" avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan. 

 

Unda 2003 yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas bilan to‘qnashgan. 

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi JIB Urgut tumani sudida ko‘rib chiqildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi  JKning 266-modda 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 yil muddatga avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilib, unga nisbatan 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика