1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Uddaburon” firibgar haydovchini chuv tushirdi

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi undan telefonini iltimos qilib olgan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

“Uddaburon” firibgar haydovchini chuv tushirdi

 

Jabrlanuvchi O‘ribek Mirzaboyev:

"— Bir inson kelib, Toshkentga borib kelish buyurtmasini berdi. Kelishib, Toshkentgacha keldim. "Qo‘yliq" dehqon bozorida to‘xtagan vaqtimiz, telefon berib turishimni so‘radi. Rozi bo‘lib berdim va u telefon orqali gaplashayotgan vaqti mashinani artish bilan band bo‘ldim. Shu payt u yo‘q bo‘lib qoldi. Telefon qilsam raqamim o‘chirilgan ekan. Shundan so‘ng nima bo‘lganini tushundim va IIB xodimlariga murojaat qildim".

 

Bir necha oylar mobaynida fuqarolarni ishonchiga kirib, ulardan qimmatbaho buyumlar va telefonlarini o‘g‘irlab ketayotgan firibgar haqida IIBga bir nechta o‘xshash xabarlar yetib kelgan edi. Yangi yo‘l tumanida istiqomat qiluvchi Sherzod Rahmonov ismli shaxs mana shu jinoyatlarni sodir qilganlikda gumonlandi.

 

Mazkur fuqaro Zangiota tumani hududida masʼul xodimlar tomonidan qo‘lga olindi va tergov harakatlarini olib borish uchun tergov bo‘limiga yetkazildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Sh.R. muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan 3 marta sudlangan. U o‘z jinoyatlari sabab sud tomonidan "o‘ta xavfli retsidivist", deb nomlangan.

 

Gumonlanuvchi Sherzod Rahmonov:

"— Jizzax shahriga borib, haydovchidan Toshkent shahriga olib borishni so‘radim va yetib kelgach, undan qo‘l telefonini so‘rab turdim. Bozorga kirib-qaytaman, deb telefonni olib kirib ketdim. Ichkariga kirib, darvozaning narigi tarafidan chiqdim. Telefonni Sergelidagi yarmarka bozorida notanish odamga sotib yubordim".

 

Sherzod Rahmonovga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "B" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Bir necha marta boshi devorga urilganiga qaramay, jinoyatchi o'zi uchun xulosa chiqarmagan. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartiblarga koʻra, unga nisbatan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish chorasi koʻrilishi kutilmoqda.

 

Avvalroq, Farg'onada 50 tonna sementni qo'lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo'zg'atilgani va Xorazmda noqonuniy yer sotayotgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgandi.
 


 

Maftuna Rejabboyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика