1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ukraina FIFA‘ga iltimos bilan chiqdi

Ukraina futbol assotsiatsiyasi mart oyiga mo‘ljallangan o‘yinlarni boshqa kunga qoldirishni so‘radi.

Ukraina FIFA‘ga iltimos bilan chiqdi

 

Ukraina FIFA‘dan 24-martga belgilangan Shotlandiyaga qarshi JCH-2022 saralashi pley-off o‘yinini boshqa muddatga qoldirishni so‘radi. Bu haqda “Usa Today” nashri xabar berdi.

 

“FIFA bugun Ukraina futbol assotsiatsiyasidan mart oyiga mo‘ljallangan o‘yinlarini boshqa kunga qoldirish to‘g‘risida so‘rov olganini tasdiqlashi mumkin”, — deya “Amerika nashri” FIFA yetakchilaridan birining so‘zlarini keltirdi.

 

Ukraina 24-mart kuni Glazgoda Shotlandiya bilan o‘ynashi kerak edi. G‘olib bo‘lgan jamoa Qatardagi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Uels yoki Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.

 

Qayd etilishicha, Ukraina terma jamoasining asosiy qismini mahalliy klublar, xususan, Kiyevning “Dinamo” va “Shaxtyor” kabi klublarida to‘p surayotgan futbolchilar tashkil qiladi.

 

Avvalroq, jahon chempionati uchun 17 million chiptaga ariza topshirilgani va Yevropaning o‘ndan ortiq davlati FIFA‘ni tark etmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика