1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Jahon chempionati uchun 17 million chiptaga ariza topshirildi

Bu avvalgi chempionatdan bir necha baravar yuqori.

Jahon chempionati uchun 17 million chiptaga ariza topshirildi

 

2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun chiptalar sotuvining birinchi bosqichi yakuniga yetdi.

 

JCH-2022 rasmiy sayti xabariga ko‘ra, bu bosqichda muxlislar 17 million chiptaga ariza berishgan. Eng ko‘p talab Qatardagi muxlislardan bo‘lsa, Argentina, Braziliya, Angliya, Fransiya, Hindiston, Meksika, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Amerika Qo‘shma Shtatlari muxlislari keyingi o‘rinlardan joy olgan.

 

18-dekabr kuni “Lusail” stadionida bo‘lib o‘tadigan final o‘yini chiptalari eng ko‘p talab etilgan. Birgina ushbu o‘yin uchun 1,8 million ariza topshirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining birinchi sotuv davrida 3,5 millionga yaqin ariza kelib tushgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Qatardagi jahon chempionati shu yilning 21-noyabrdan 18-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

 

Avvalroq, Yevropaning o‘ndan ortiq davlati FIFAni tark etmoqchi ekani va Braziliya termasi yangi rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика