Eslatib o‘tamiz, FIFA milliy federatsiyalarga har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o‘tkazish haqida hujjat tarqatgan edi. O‘zgarishlar 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin qabul qilinishi taklif qilinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, yaqin kelajakda Yevropaning o‘nga yaqin assotsiatsiyasi FIFAni tark etishni rejalashtirmoqda.
19 oktabr kuni FIFA rahbari Janni Infantino har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o‘tkazish g‘oyasining asosiy afzalliklari nimada ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yildan boshlab jahon chempionati 48 davlat ishtirokida o‘tishi allaqachon hal qilingan masala bo‘lib, jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazish masalasi esa hali muhokama qilinmoqda.
Avvalroq UEFA Angliyani jazolamoqchi ekanligi va FIFA afg‘onistonlik futbolchilarni evakuatsiya qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


