1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina NATO aʼzosiga aylanadimi?

Alyans bosh kotibi javob berdi.

Ukraina NATO aʼzosiga aylanadimi?

 

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, alyansga Ukrainani qabul qilish bo‘yicha tashkilot aʼzolari yakdil fikrga ega emas. Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.

 

"Ular (Ukraina) hozircha alyans aʼzosi emas. Ammo biz Kiyev bilan hamkorlikni kuchaytirdik, ular bilan ko‘proq ishlayapmiz. NATO aʼzosi bo‘lish uchun NATO standartlariga javob berish kerak. Biz ularga korrupsiyaga qarshi kurashda yordam beryapmiz. Ammo Ukrainaning alyansga to‘laqonli aʼzo bo‘lishi uchun NATO‘dagi barcha 30 davlat yagona konsensusga kelishi  lozim", — degan Stoltenberg.

 

Shuningdek, alyans bosh kotibi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda mamlakat "suvereniteti va hududiy yaxlitligi"ni qo‘llab quvvatlashini maʼlum qilgan. Ammo Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy ko‘proq narsani — NATOning to‘laqonli aʼzosiga aylanishni xohlaydi.

 

Avvalroq Turkiya Ukraina va Gruziyaning NATO‘ga intilishini qo‘llab quvvatlashini maʼlum qilgandi.  Shuningdek, Putin prezidentligi boshida Rossiyani NATO aʼzosiga aylantirishni istagani haqida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика