Qurilma velosipedning ruliga o‘rnatiladi, biroq uni payqash osonmas. U smartfonga ulanadi va shundan so‘ng velosipedning qayerda joylashgani, qayerda harakatlanayotgani haqida xabar uzatib turiladi. Eng avval, qurilma velosaped joyi o‘zgargani haqida smartfonga signal uzatadi, shundan so‘ng maxsus ishlab chiqilgan ilova orqali uning harakati kuzatib boriladi.
Qayd etilishicha, Pavel va Ilyaning ushbu loyihasi deyarli tayyor startap hisoblanadi. Ular ishlab chiqayotgan texnologiyalar kelasi yildan butun mamlakat bo‘ylab velosiped do‘konlarida paydo bo‘lishi ehtimoli bor.
"Bizning “treker”imiz velosipedda qo‘shimcha qurilma bo‘lmaydi, balki uning bir qismiga aylanadi. Uning afzalligi – gadjet orqali kuzatishning mavjudligidir. O‘g‘rilar esa uning velosipedda borligini ham payqashmaydi. Chunki biz tizimni umuman ko‘rinmas qilishga yordam beradigan magnit zaryadlovchini ham ixtiro qildik. U hali hech kimda mavjud emas", – deydi German.
Maʼlumot uchun, ixtirochi yigitlar mazkur g‘oyasi orqali Ukrainada o‘tkazilgan yillik "Red Bull Basement" tanlovida g‘olib chiqqan. Endilikda ular o‘z kashfiyotlarini Istanbuldagi global xalqaro yarmarkaga olib bormoqchi. Yigitlar shu orqali dunyo investorlarining eʼtiborini jalb qilish niyatida.
Kelgusi yil boshida Istanbulda o‘tkaziladigan tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tanlov 2021 yilning mutlaq g‘olibini aniqlab beradi.
Avvalroq “Tesla” bolalar uchun eng xavfsiz “Cyberquad”ni sotuvga qo‘ygani hamda Apple kompaniyasi 2022 yil oxirida AR- ko‘zoynaklarini taqdim qilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


